Olmaliqdagi koloniyada 21 yoshli yigit vafot etdi. “O‘g‘limni yo zaharlashgan, yo qiynab o‘ldirishgan, degan shubhadaman. Chunki badanida qiynoq va elektroshoker izlariga o‘xshash chiziqlar bor edi”, — deydi marhumning onasi. “Gazeta.uz” ushbu holat bo‘yicha IIV va BPga so‘rov yo‘lladi va rasmiy izohlar kutmoqda.
Namangandagi jazoni ijro etish muassasasida giyohvand moddalar savdosi sabab qamalgan 24 yoshli mahkum o‘zini osib, vafot etdi. Marhumning onasi o‘g‘lining tanasida qiynoq izlari borligini aytdi, Bosh prokuratura esa ma’lumotni rad etmoqda.
Qo‘qon shahar IIB hibsxonasida saqlanayotgan mahkum vafot etdi. Uning o‘limiga yurak kasalligi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting